Institutda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan “Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

05.09.2017, 14:32 Institut yangiliklari, Yangiliklar 315

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan “Fidoiying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” degan ezgu g‘oyadan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlanib, institut katta faollar zalida 2017-yil 2-sentyabr kuni soat 08-30 da professor-o‘qituvchilar va  talabalari o‘rtasida “Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!”, “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev, “Murabbiylar” kengashi raisi M.A.Xodjayeva, sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani X.Sh.Ilxomov, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Y.Saidova, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Tadbir jarayonida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev, “Murabbiylar” kengashi raisi M.A.Xodjayeva, farmatsiya fakulteti dekani  A.A.Nurmuxamedovlar so‘zga chiqib mavzu yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi. Shuningdek, institut odob-axloq qoidalari, talabalarning darslarga o‘z vaqtida ishtirok etishi hamda huquqbuzarlik holatlarining oldini olishga qaratilgan mavzularda tushuntirish ishlari olib borildi. Suhbat jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildi va berilgan savollarga institut rahbarlari tomonidan javob berildi.