Institutda “Oltin kuz” musobaqasi o’tkazildi.

16.10.2017, 15:05 Institut yangiliklari, Yangiliklar 122

12 – 13  oktyabr  kunlari institut sport bazasida  “Oltin kuz” shiori ostida sport musobaqasining 1 – 2 bosqichi bo‘yicha o‘tkazilgan talaba – yigitlar  o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha universiada dasturidan o‘rin  olgan birinchiligi o‘tkazildi.

Musobaqada fakultetlarning 1-2 kurs talaba – yigitlari ishtirok etdilar. Musobaqa qatnashchilari o‘rtasida kuchli raqobat asosida bo‘lib o‘tganligi taxsinga sazovordir. Musobaqa nizomiga ko‘ra talaba – yigitlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha baxslar olimpiya tizimi asosida o‘tkazildi, o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan sprotchi nizomga binoan chiqib ketish bilan olib borildi. Keskin raqobat ostida bo‘lib o‘tgan, ushbu birinchilikda o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1-o‘rinni “Biotexnologiyachilar” jamoa talaba – yigitlari

2- o‘rinni “Farmatsevtlar” jamoa talaba  – yigitlari

3- o‘rinni “Sanoatchilar” jamoa talaba – yigitlari egalladilar.

G‘oliblarni medal hamda diplomlar bilan taqdirlandilar va musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldilar.