Institutda navbatdagi “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

30.04.2016, 14:53 Institut yangiliklari, Yangiliklar 874

Talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini yanada takomillashtirish, ular o‘rtasida o‘zaro ahillik, do‘stlik va sog‘lom raqobat tushunchalarini singdirish hamda “O‘zbekiston Respublikasida 2016-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning IV yo‘nalish 53-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, institut faollar zalida 2016-yil 29-aprel kuni soat 15-00 da talabalar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda institutning “Farm star” va “Noyob bolalar” jamoalari o‘zaro bellashdilar. Tanlov Nizom asosida (institut talabalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha Nizom) o‘tkazildi va Hakamlar xay’ati tomonidan baholandi.

Ko‘rik-tanlovda jamoalar tomonidan quyidagi mavzular keng yoritib berildi:

  • Vatanga muhabbat, xalqqa sadoqat, vatanparvarlik g‘oyalari;
  • Milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash va e’zozlash g‘oyalari;
  • Institut, mahalla va oiladagi qadriyatlarni ardoqlash;
  • “Ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish;
  • Erta turmush va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga qarshi kurashish;
  • Muomala madaniyatidagi kamchilik va illatlarga qarshi kurashish;
  • Kiyinish madaniyatidagi kamchilik va illatlarga qarshi kurashish;

Tanlov natijalariga ko‘ra “Farm star” jamoasi 45 ball va “Noyob bolalar” jamoasi 40 ballni qo‘lga kiritishdi. Tanlov g‘olibi sifatida “Farm star” jamoasi deb topildi.

2016-221     2016-222

2016-224     2016-228

2016-226     2016-227