Institutda “Ma’rifiy islom diniy ekstremizmga qarshi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

13.10.2017, 11:10 Institut yangiliklari, Yangiliklar 267

     

Toshkent farmatsevtika institutida 2017-yil 12-oktyabr kuni soat 15-00 da faollar zalida “Ma’rifiy islom diniy ekstremizga qarshi”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir Toshkent islom universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.Tadbirni institut sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani H.SH.Ilhomov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Unda islom universiteti YUNESKO kafedrasi mudiri dotsent Maxsudov Davronbek Rustamovich ma’ruza bilan ishtirok etdi. Tadbir avvalida Respublikamiz Prezidenti SHavkat Mirzievning BMT sammitidagi ma’ruzasi videoroligi talabalarga namoyish etldi. Dekan H.SH.Ilhomov ma’ruzaning ahamiyati, unda ilgari surilgan g‘oyalar haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu borada talabalarning fikrlari so‘raldi. Shundan so‘ng islom universiteti YUNESKO kafedrasi mudiri dotsent Maxsudov Davronbek Rustamovich “Ma’rifiy islom diniy ekstremizmga qarshi”, “Sof islomiy tushunchalar mavzularida” ma’ruza qildi. Ma’ruza prezentaiya shaklida aniq qiziqarli misollar bilan olib borildi, hamda mavzuga oid film namoyish etildi.