Institutda “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari va kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

24.03.2017, 10:47 Institut yangiliklari, Yangiliklar 430

Prezidentimizning joriy yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob maxsulotlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish  bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida  2017 yil 24-25 mart kunlari institut ARM  hamda yangi asr avlodi nashriyoti bilan hamkorlikda “Adabiyotga e’tibor-ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida kitob savdosi yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Yosh avlodning ma’naviy-intelektual ehtiyojini qondirish, oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni Vatanga muxabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda kitobning o‘rni va axamiyatini yanada oshirish borasida keng qo‘lamli ishlar amalga oshirilayapti.Mazkur tadbir ham ushbu ezgu maqsadlarimizga xizmat qiladi.

     

Mazkur kitob savdosi ko‘rgazmasida 1000 nusxadan ortiq kitob savdo rastalariga qo‘yildi.Ko‘rgazmada ayniqsa, badiiy-publitsik, ilmiy va bolalar adabiyotlari keng o‘rin oldi.

Ko‘rgazmaga qo‘yilgan kitoblarning  sifati va dizayni yuqoriligi yurtimizda noshirlik va matbaa sanoati rivojlanayotgani, kitobxonlik madaniyati yuksalayotganidan dalolat. Tadbir davomida axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan yarmarkada namoyish etilayotgan adabiyotlar haqida ma’lumotlar berib borildi. Talaba va xodimlar badiiy-publitsistik kitoblarga katta qiziqish bildirib, davriy ravishda shunday ko‘rgazmalarni tashkil etish haqida takliflar berdilar.