Institutda “Internet orqali radikallashuv: muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

21.09.2017, 13:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 194

2017-yil 20-sentyabr kuni o‘sib kelayotgan yosh avlodning zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oshirish, buzg‘unchi g‘oyalarning internet, xususan, ijtimoiy tarmoq saytlari orqali ta’siriga qarshi samarali amaliy ishlar olib borish va “Internet orqali radikallashuv: muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda tillar kafedrasi o‘qituvchisi N.X.Ashurova, psixolog S.Azlarova va farmatsiya fakulteti 1-kurs 2/2 guruh talabalari ishtirok etdi. Suhbat jarayonida internet tarmog‘ida talabalarni ekstremizm va terrorizm tahdidlaridan ogoh etish, ular qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, milliy urf-odatlarimizga sadoqatli vorislar bo‘lib kamol topishlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, psixolog S.Azlarova tomonidan psixologik yondoshuvlar, yoshlar o‘rtasida internet tarmog‘idan oqilona foydalanish choralari xususida ma’lumot berib o‘tdi. Jami ishtirokchilar soni 14 nafarni tashkil etdi.