Institutda “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

05.09.2017, 15:09 Institut yangiliklari, Yangiliklar 143

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan “Fidoiying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” degan ezgu g‘oyadan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlanib, institut katta faollar zalida 2017 yil 2 sentyabr kuni soat 10-30 da professor-o‘qituvchilar va  talabalari o‘rtasida “Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!”, “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir ijtimoiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirda ijtimoiy fanlar kafedrasi K.Q.Ismoilov, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.S.Salimsakova, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Suhbat jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan “Fidoiying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” degan ezgu g‘oyaning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan mavzularda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Tadbirda jami 250 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi.