Institutda akademik S.I.Iskandarov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

25.02.2017, 10:45 Institut yangiliklari, Yangiliklar 365

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 30 dekabr kuni mamlakatimiz bir guruh ilm-fan namoyandalari, davlat va jamoat tashkilotlari, Fanlar akademiyasi a’zolari, yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan uchrashuvini barcha ziyolilar katta qiziqish bilan kutib oldi.

Mamlakatimizda dorishunoslik sohasini yanada rivojlantirish yo‘lidagi bu tarixiy uchrashuvdan kelib chiqadigan xulosalarni izchil o‘rganish maqsadida institutda bir guruh professorlar S.Aminov, A.Ibragimovlarni magistratura talabalari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

     

Hozirgi kunda farmatsevtika sohasiga mamlakatimizda katta e’tibor qaratilayotganligi, mamlakatimiz aholisini sifatli dori vositalari bilan ta’minlash, unda mahalliylashtirish siyosatni olib borilishi haqida akademik S.I.Iskandarov tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi. Magistratura talabalari o‘zlari tanlagan soha yo‘nalishlari bo‘yicha bir qator savollarga atroflicha javoblar oldilar.

Akademik S.I.Iskandarov mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirishga yaratilgan shart-sharoitlar bilan bir qatorda, hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni qadriga etishga chaqirdi.