Institut talabalari Ta’lim va mutaxassislik xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishdi.

04.04.2016, 08:05 Institut yangiliklari, Yangiliklar 618

“Kamolot” YIH Vasiylik Kengashi majlisining 2015-yil 10-dekabrdagi 65-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning 33-bandi  hamda OO‘MTVning 2016-yil 29-martdagi 87-04-606-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida, 2016-yil 31-martdan 2-aprelga qadar “Yoshlar ijod saroyi”da an’anaviy “Ta’lim va mutaxassislik” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rgazmada Mehnat vazirligining Toshkent shahri va Toshkent viloyati Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari, yirik korxona va kompaniyalar oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashishlari tashkillashtirilgan edi. Institutda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashovchi  bitiruvchilarning mazkur ko‘rgazmada ishtirok etishi ta’minlandi. Mazkur Xalqaro ko‘rgazmaga institut farmatsiya fakulteti dekani muovini, dotsent U.X.Usmonov boshchiligida farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakultetlarining 18 nafar bitiruvchi talabalari ishtiroki ta’minlandi. Ta’kidlash kerakki, mazkur 18 nafar bitiruvchilarning barchasi uch tomonlama tuzilgan shartnomalariga ega.

Mazkur ko‘rgazmada institutni O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati haqida farmatsiya fakulteti 5-kurs talabalaridan iborat guruh ko‘rgazma ishtirokchilariga kerakli ma’lumotlarni berdilar. Shuningdek, institut olimlari tomonidan  yaratilgan va ishlab chiqarishga joriy qilingan dori vositalari haqida, institut ta’lim yo‘nalishlari, fakultetlar hamda KHK bitiruvchilari uchun kirish testlari va fanlar haqida  ma’lumotlar berildi.

2016-193     2016-194