Institut talabalari chimyon amaliyot o‘quv bazasida.

20.07.2017, 12:31 Institut yangiliklari, Yangiliklar 464

Har yili institut farmakognoziya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining Chimyon amaliyot bazasida o‘quv amaliyoti o‘tkazib kelinadi. Joriy yil 28 iyundan 18 iyulga qadar mazkur amaliyotda kafedraning etakchi dotsentlari, assistentlari boshchiligida farmatsiya fakuletining 80 nafar talablari bilan o‘quv amaliyoti o‘tkaziladi. Talabalar dars davomida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘radilar.Kafedra mudiri professor F.F.Urmanova boshchiligida amaliyot davomida o‘tkaziladigan ta’limiy vazifalar aniq belgilab berilgan. Kafedra dotsenti, institut “Murabbiylar” kengashi raisi M.A.Xodjayeva boshchiligida talabalar o‘rtasida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar belgilangan. Mazkur yilda institut Xotin-qizlar tashkilotining vakillarini ham mazkur amaliyot davomida tarbiyaviy jarayonlarda faol ishtirok etishlari ko‘zda tutilgan.Farmatsiya fakulteti 3 kurs talabalari Chimyon tog‘ining so‘lim go‘shalarida dorivor o‘simliklarni o‘rganish barobarida o‘z sog‘liqlarini ham tiklab oladilar. Oxirgi yillarda  amaliyot bazasida dam oluvchilar uchun barcha maishiy shart-sharoitlar yaratilgan: issiq va sovuq suv, ayollar va erkaklar uchun alohida  yuvinish xonalari, mazali taomlar tayyorlash uchun elektr plitalari o‘rnatilgan.