Institut rektorining 1-kurs Sanoat farmatsiyasi talabalari bilan ochiq muloqoti!

09.03.2018, 19:14 Institut yangiliklari, Yangiliklar 267

9.03.2018 yil 15:00 da institutda Sanoat farmatsiyasi fakultetining 1-kurs talabalarining institut rektori tibbiyot fanlari doktori, professor I.I.Alimdjanov bilan ochiq muloqoti o’tkazildi. Yig’ilishda fakultet dekanati, barcha guruh murabbiylari va fan o’qituvchilari ishtirok etdi. Farmatsevtika sohasidagi yangiliklar, zamonaviy dori vositalarini ishlab chiqarish va amaliyotga joriy etish, mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash masalalarida so’z yuritildi. Shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirish, talabalarning davomati, ilmiy faoliyat, chet tillarini o’rganish, yoshlarning tartib-intizomga rioya etishi va ijtimoiy faolligini oshirish hususida fikr mulohazalar bildirildi. Ochiq muloqotda professor –o’qituvchilar xamda talabalarning takliflari tinglandi.