Institut rahbariyati va umumta’lim maktablari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

14.04.2018, 19:09 Institut yangiliklari, Yangiliklar 135

     

     

Ma’lumki, bugungi kunda yurtimizda barcha jabhalar qatorida ta’lim sifatini yanada riojlantirish, yoshlarni o‘z soxasining yetuk mutaxassislari etib kamol topishlari, o‘zlarining shaxsiy fikriga ega, intelektual salohiyatli kadrlar bo‘lib voyaga etishishlariga barcha imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratilib berilmoqda. Bu ham kelajak avlod vakillariga bo‘lgan e’tibor va g‘amho‘rlikning bir ko‘rinishidir. Zero, kelajak avlod ertasiga qiziqqan millat poydevori yanada mustahkam va baquvvat bo‘ladi. Shuningdek, mamlakat taraqqiyotini belgilab berishda ham kelajak avlod salohiyatiga qarab belgilanadi. Shu sababli Toshkent shahridagi umumta’lim maktablari faoliyatini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini yanada oshirish, o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, institut va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda 2018-yil 29-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 30-q/q-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 18-sonli qo‘shma qarori imzolandi. Mazkur qo‘shma qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika institutida 2018-yil 05-aprelda 219-sonli buyruq ishlab chiqildi va imzolandi.

     

     

     

2018-yil 14-aprel kuni soat: 12-00 da Toshkent farmatsevtika instituti kichik faollar zalida umumta’lim maktab rahbarlari, institut kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni institut rektori professor I.I.Alimdjanov kirish so‘zi bilan ochib berdi va tadbirning asosiy maqsad vazifalari xususida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev so‘zga chiqib umumta’lim muassasalalariga biriktirilgan institut kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlari faoliyati tanishtirib o‘tildi. Shuningdek, suhbat jarayonida institut professor-o‘qituvchilarining ilmiy-pedagogik salohiyati va tajribalaridan samarali foydalangan holda, ilg‘or o‘qitish uslublarini umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi ta’lim jarayoniga mos ravishda tatbiq etishga metodologik yordam ko‘rsatish masalalri muhokama etildi. Maktab direktorlari bilan birgalikda davomati past bo‘lgan ta’lim muassasasi aniqlash hamda davomatning past bo‘lish sabablari joyida o‘rganilib, ularni ta’lim muassasasi jamoasi, ota-onalar bilan birgalikda ko‘rib chiqish, kamchiliklarni bartaraf etish va davomatni talab darajasiga ko‘tarish choralarini belgilash bo‘yicha kelishib olindi.

Tadbir davomida umumta’lim muassasalalari institut kafedralariga hamda bo‘limlarga  biriktirildi. Jumladan, Anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi mudiri S.N.Aminov va Dori turlari texnologiyasi mudiri YO.S.Kariyeva Shayxontohur tumanidagi 254-umumta’lim maktabiga; Farmakognoziya kafedrasi mudiri F.F.Urmanova va Dori vositalarining sanoat texnologiyasi  kafedrasi mudiri V.R.Xaydarov Yunusobod tumanidagi 86-umumta’lim maktabiga; Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi mudiri mudiri S.A.Saidov hamda Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi mudiri X.O.Nuralieva Yunusobod tumanidagi 247- umumta’lim maktabi rahbariyatiga biriktirildi. Toshkent farmatsevtika instituti rahbariyatiga biriktirilgan jami umumta’lim maktablari 8 tani tashkil etadi. Bular: Shayxontohur tumanidagi 254-umumta’lim maktabi, Yashnobod tumanidagi 61- umumta’lim maktabi, Yunusobod tumanidagi 86-, 247-, 274 va 260- umumta’lim maktablari, Yashnobod tumanidagi 69 -, 231- umumta’lim maktablari biriktirildi.

Tadbir so‘ngida institut rahbariyati va umumta’lim maktabi direktorlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandumni imzolashdagi asosiy maqsad umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish va bunda o‘qituvchilarning mas’uliyatini yanada oshirish yuzasidan Toshkent farmatsevtika instituti va umumta’lim maktabi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdir.

Tomonlarning quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro mustahkam aloqada bo‘lishi va hamkorlik qilishi ushbu Memorandumning vazifalari hisoblanadi:

  1. Toshkent farmatsevtika instituti kafedralar va umumta’lim maktabidagi uslub birlashmalar hamkorligini maqsadli hamda tizimli yo‘lga qo‘yish.
  2. Toshkent farmatsevtika instituti qoshida iqtidorli o‘quvchilardan iborat “Yosh akademiklar” maktabini tashkil etish.
  3. Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan umumta’lim maktab faoliyatini o‘rganish natijasida maktabni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi maqsadli hamkorlik rejasini tuzish.
  4. Toshkent farmatsevtika instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan umumta’lim maktabda dars jarayonlarini kuzatish va tahlil etish natijasida maktab o‘qituvchilarida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish va metodik yordam berish maqsadida barcha fan o‘qituvchilariga “Master klass” tashkil etish.
  5. Toshkent farmatsevtika institutida reja-jadval asosida umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun ko‘chma amaliy darslar tashkil etish.
  6. Maktabning yuqori sinf (8-11 sinf) o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar tashkil qilish va unda katta hayotiy tajribaga ega, ilm sohasida mashaqqatli yo‘l bosib o‘tgan olimlarning farzand tarbiyasi borasidagi fikr-mulohazalari va hayotiy tajribalari haqida ma’lumot berish.
  7. Toshkent farmatsevtika institutida umumta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni”ni tashkil etib borish, bunda o‘quvchilarga qiziqishlari bo‘yicha ekskursiyalar tashkil etish orqali ARM, ATM, laboratoriya, muzeylar, ma’ruza zallari va talabalar bilan o‘tkaziladigan dars jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish.
  8. Toshkent farmatsevtika instituti professor-o‘qituvchilari ko‘magida umumta’lim maktabidagi o‘zlashtirish darajalari bo‘yicha eng iqtidorli va eng qoloq o‘quvchilarni ajratib, ularning qaysi fanlarga qiziqishini aniqlash va o‘quvchi qiziqqan fani bo‘yicha qo‘shimcha darslarga jalb qilish.

TOMONLAR KELISHIB, IXTIYORIY RAVISHDA, QUYIDAGILARNI BAJARADILAR.

Toshkent farmatsevtika instituti quyidagi vazifalarning bajarilishini muvofiqlashtiradi:

– institut professor-o‘qituvchilarining ilmiy pedagogik salohiyati va tajribalaridan samarali foydalangan holda, ilg‘or o‘qitish uslublarini umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi ta’lim jarayoniga mos ravishda tadbiq etish;

– umumta’lim maktab direktori bilan biogalikda davomati past bo‘lgan sinflarni aniqlash hamda davomatning past bo‘lishi sabablarini joylarda o‘rganib, ularni institut jamoasi, ota-onalar bilan birgalikda ko‘rib chiqish, kamchiliklarni bartaraf etish va davomatni talab darajasiga ko‘tarish choralarini belgilash bo‘yicha amaliy yordam berish;

– umumta’lim maktabidagi turli fanlar bo‘yicha bo‘sh (vakant) o‘rinlarni to‘ldirishga qaratilgan hamkorlik choralarini belgilash;

– umumta’lim maktabida o‘qituvchilar uchun haftada bir marta o‘tkaziladigan “Axborot soati” mashg‘ulotlarida malakali professor-o‘qituvchilarning o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishini ta’minlab borish;

– o‘quvchilarning ilm-fan va badiiy adabiyot o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish orqali davomat ko‘rsatkichlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning natijadorligini ta’minlash ishlariga ko‘maklashish (akademik, fan arboblari, etuk olimlar va ixtirochilar, taniqli ijodkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish);

– hamkorlikda maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari o‘rtasida turli yo‘nalishlardagi tadbirlar o‘tkazib borish;

Toshkent farmatsevtika  instituti va umumta’lim maktabi hamkorligida sport va madaniyat yo‘nalishidagi tadbirlar hamda o‘rtoqlik uchrashuvlar o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish (uchrashuvlarda xalqaro sport ustalari, jahon, Osiyo va O‘zbekiston chempionlari, xalq artistlari va xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etish);

– umumta’lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish ishlarini jonlantirishga ko‘maklashish;

– maktabning 10-11 sinf o‘quvchilarini mustaqil hayotga tayyorlash maqsadida o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida o‘zlari tanlagan kasb va tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllatirishga qaratilgan o‘quv-seminar va treninglar o‘tkazilishini ta’minlash.

 Umumta’lim maktabi quyidagi yo‘nalishdagi ishlarga rahbarlik qiladi va muvofiqlashtiradi: 

Toshkent farmatsevtika instituti professor-o‘qituvchilariga maktabda mustaqil ishlashlari uchun shart-sharoitlar yaratish;

– turli sabablarga ta’lim muassasasiga qatnamayotgan o‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etib, ularga Toshkent farmatsevtika  instituti va mahalla fuqarolar yig‘ini vakillarini jalb qilish hamda kamchiliklarini bartaraf etish va davomatini talab darajasiga ko‘tarish choralarini belgilash.;

– umumta’lim maktabi bilan Toshkent farmatsevtika  instituti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni ta’minlash va muvofiqlashtirib borish;

– umumta’lim maktabida haftada bir marta o‘qituvchilar uchun “Axborot soati” mashg‘ulotlarini tashkil etib borilishini ta’minlash;

– umumta’lim maktabi bazasida fan yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan tayanch maktabida Toshkent farmatsevtika instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan fan o‘qituvchilari uchun mahorat darslarini tashkil etish;

– umumta’lim maktabida ta’lim olayotgan 10-11 sinf o‘quvchilarini qiziqishlari bo‘yicha Toshkent farmatsevtika  institutining moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashriflar tashkil etish;

– o‘quvchilarning ilm-fan va badiiy adabiyot o‘qishiga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish orqali ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning natijadorligini ta’minlash ishlariga biriktirilgan Toshkent farmatsevtika  instituti bilan birgalikda akademiklar, fan arboblari, etuk olimlar va ixtirochilar, taniqli ijodkorlarni jalb qilish choralarini ko‘rish;

– Toshkent farmatsevtika instituti ta’lim va mutaxassislik yo‘nalishlaridan kelib chiqib umumta’lim maktabi yuqori sinf  o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarida o‘qituvchilar mas’uliyatini oshirish.