Institut mutaxassislik kafedralarida olib borilayotgan amaliy ishlar.

05.03.2018, 11:26 Institut yangiliklari, Yangiliklar 490

Institutda ta’lim sifati, talabalarning bilim saviyasini oshirish, dars jarayonida zamonaviy axborot, pedagogik texnologiyalardan foydalanishi va ingliz tilida darslarning olib borilishi rahbariyatning doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Bugun sizlarga  Farmatsevtik kimyo kafedrasida olib borilayotgan o‘quv jarayonlarining borishi to‘g‘risida ma’lumot beramiz.

Farmatsevtik kimyo kafedrasi mutaxassislik kafedralardan biri bo‘lib, 16 nafar professor-o‘qituvchilar shundan: 3 nafar professor, 6 nafar dotsent, 1 nafar fan nomzodi va 6 nafar assistent talabalarga bilim bermoqda. Kafedra assistenti N.Zaripova mashg‘ulotlarni ingliz tilida olib boradi. Kafedrada farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakultetining 3-kurs talabalariga farmatsevtik kimyo fanidan, farmatsiya fakultetining 4-kurs talabalariga JLP asoslari fanidan, 5-kurs talabalariga Dori vositalarining zamonaviy tahlil usullari fanidan maruza va laboratoriya mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Kafedrada dars jarayoni tasdiqlangan dars jadvaliga muvofiq o‘z vaqtida boshlandi. Dastlab dars jarayolari kafedra mudiri professor V.Abdullabekova barcha o‘quv xonalariga tashrifidan boshlanadi. Unda talabalar davomati, darsga tayyorgarlik  holatini  o‘rganish va institut, yurtimiz yangiliklari bilan tanishtirishdan iborat. Shuningdek kafedrada dars jarayoni laboratoriya mashg‘ulotlari bilan talabalarda katta qiziqish uyg‘otadi. Zamonaviy tahlil usullari bilan yaqindan tanishtirish fanlarni chuqurroq o‘rgatish maqsadida institut qoshidagi DVSIMda ham laboratoriya mashg‘ulotlari eng zamonaviy asbob-uskunalarda olib borilmoqda. Kafedrada olib borilgan dars jarayonlaridan lavhalar.