Institut miqyosida “MA’NAVIYAT KUNI” tadbiri tashkil etildi.

30.11.2017, 17:18 Institut yangiliklari, Yangiliklar 827

2017yil 29noyabr kuni institut miqyosida “MA’NAVIYAT KUNI” tadbiri tashkil etildi. Tadbir institut “Murabbiylar” kengashi, fakultetlar hamda ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida tashkil etildi. tadbir maxsus ishlab chiqilgan reja  asosida olib borildi (27.11.2017-yilda institut rektori tomonidan imzolangan). Akademik guruhlarda murabbiylar boshchiligida 150 dan ortiq davra suhbatlari, ochiq muloqotlar, uchrashuvlar, ma’ruzalar, davra suhbatlari tashkil etildi. O‘tkazilgan tadbirlarda quyidagi mavzular keng yoritib berildi:

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi demokratik jamiyat kafolati”, “Oila muqaddas maskan”, “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart”, “Odam savdosi chegara, hudud va millat tanlamaydigan illat”, “O‘zbekiston Davlat bayrog‘i- millatimiz faxri”, “Diniy ekstremizga qarshi ma’rifiy islom bilan kurashamiz”, “Tejamkorlik xalqimizga xos qadriyat”, “Inson hayotga saodat uchun keladi”,El ishonchi, yurt tayanchi – O‘zbekiston yoshlari”, “Xalqaro tarmoqda yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalardan muhofaza etish”.

Har bir akademik guruhlarda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirdan so‘ng talabalar murabbiylar boshchiligida “Minor” majmuasiga, O‘zbekiston amaliy san’at, “San’at”, Amir Temur va temuriylar muzeylariga, Mingo‘rik tepaligiga tashrifi uyushtirildi. Shuningdek, Satira teatrining “Padarkush” spektakli institut faollar zalida namoyish etildi.

Tadbirga jami 2038 nafar talabalar va 114 nafar professor-o‘qituvchilar, rahbar xodimlarning ishtiroki ta’minlandi. Mazkur tadbirlar o‘quv mashg‘ulotlariga ta’sir ko‘rsatmagan holda amalga oshirildi. Ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasida talabalarning o‘quv mashg‘ulotlari hamda ularning talab va takliflari asosida amalga oshirildi. Barcha olib borilgan amaliy ishlar murabbiylar tomonidan rasmiylashtirildi va institut “Murabbiylar” kengashi raisi M.A.Xodjayeva tomonidan umumlashtirildi.