Institut bir guruh xodim va talabalari “Vatan tinchligi yo‘lida mas’ulmiz!” respublika seminarida ishtirok etdi

25.09.2016, 16:52 Institut yangiliklari, Yangiliklar 458

 

2016 yil 23 sentyabr kuni Respublika ma’naviyat va targ‘ibot markazida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilliginng 25 yilligi munosabati bilan “Vatan tinchligi yo‘lida mas’ulmiz!” mavzusida respublika seminari bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.U.Aliev, Murabbiylar kengashi raisi M.A.Xodjaeva, ilmiy bo‘limi boshlig‘i N.T.Farmonova, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari hamda “Kamolot” YOIH BT etakchi va faollari ishtirok etishdi. Tadbirda O‘zbekistonni xalqaro maydonda tinchlikni saqlash borasidagi tashabbuslari, mamlakatdagi barqaror taraqqiyot omillari, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik masalalariga katta e’tibor berilganligi e’tirof etildi. Seminar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

photo_2016-09-23_16-37-54     photo_2016-09-23_16-37-06