Institut axborot-resurs markazida  “Yoshlar orasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

19.05.2017, 13:32 Institut yangiliklari, Yangiliklar 241

     

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan institut axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan joriy yilda bir qator ishlar amalga oshirildi.

     

Ma’lumki, adabiyotlarga talab kundan kunga ortib borayotgan bir paytda institutda talabalarning dars jarayonida olayotgan bilimlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, talabalarning ma’naviyatini va dunyoqarashlarini kengaytirish maqsadida axborot-resurs markazining o‘quv zalida 2017 yil 18 may kuni soat 14-00 da “Yoshlar orasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tillar kafedrasi o‘qituvchilari va sanoat farmatsiyasi fakulteti talabalari ishtirok etdilar. Tadbirni tillar kafedrasi mudiri S.M.To‘ychieva “Talabalikning sehrli olami” mavzusida, ARM kutubxonachisi D.D.Abdullaeva “Qiziqishimga mos kitoblar” mavzusida so‘zga chiqdi. Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Suyundikov va talabalar tomonidan so‘zga chiqilib, turli mavzu bo‘yicha savol-javoblar bo‘ldi.

Tadbir so‘ngida ARM xodimlari tomonidan tuzilgan so‘rov anketasi o‘tkazildi.