“Inson salomatligini tiklashda dorivor o‘simliklarning o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

25.09.2017, 15:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 188

2017-yil 23-sentyabr kuni institut farmakognoziya kafedrasi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida tabiat ne’matlarini asrash va ulardan oqilona foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida “Tabiat va inson”, “Inson salomatligini tiklashda dorivor o‘simliklarning o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Suhbat jarayonida farmakognoziya kafedrasi dotsenti Xodjayeva Muattar Asadullayevna dorivor o‘simliklarni tahlil qilish, tarkibidagi biofaol moddalarni o‘rganish hamda xalq tabobatida va ilmiy tibbiyotda ishlatilishi xususida targ‘ibot ishlarini olib bordi. Shuningdek, mamlakatimizda mahalliy dorivor o‘simliklardan dori vositalarini yaratish bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi. Hamda bu borada chiqarilayotgan qaror va farmoyishlarning mazmun-mohiyati xususida tushuntirish ishlarini olib bordi. Tadbirda jami 30 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.