«Inson qadri buyuk – xotirasi muqaddas»

15.05.2015, 08:05 Institut yangiliklari 550

2015-yil 8-may kuni institut faollar zalida 2015-yil “Keksalarni e’zozlash” yili hamda  “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Inson qadri buyuk – xotirasi muqaddas” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda faxriylar, nuroniylar hamda institut rahbar xodimlari, o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirni institut rektori A.N.Yunusxo‘jayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng institutda bir necha yillardan buyon faoliyat olib borayotgan professor o‘qituvchilar S.N.Aminov, O.Shobilolovlar  institutda mehnat qilgan faxriylarning amaliy ishlari, ular qoldirgan ilmiy meros xususida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston xalq artisti Munojat Yo‘lchiyeva tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi va barchada katta taassurot qoldirdi. Tadbir so‘ngida “Siz Vatan ardog‘idasiz” mavzusida bir piyola choy ustida bayram  dasturxoni  tashkil etilib, osh tarqatildi.