Informatika va kommunikatsion texnologiyalar ICISCT 2017

12.07.2017, 08:39 E'lonlar, Yangiliklar 320

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 fevraldagi 126-f-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasida 2017 yilda xalqaro va Respublika miqyosida o’tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasiga asosan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2017 yilning 2-4 noyabr kunlari “Informatika va kommunikatsion texnologiyalar ICISCT 2017” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o’tkazilishini ma’lum qilamiz.

 Anjumanga maqola va tezislar 2017 yilning 5 sentyabr kuniga qadar qabul qilinadi.

 Mazkur anjumanga professor-o’qituvchi va mutaxassislar, hamda barcha qiziquvchilar ishtirok etishlari mumkin.

 Ma’lumot uchun:

235-09-00, 238-65-12, 238-64-43

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

Anjumanning axborot xati – 4 betda.