Ilmiy tadbirlar

Tayanch doktorantlar va doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar monitoringi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 martdagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bandlari ijrosini taminlash maqsadida institut 1,2,3 kurs tayanch doktorantlari, doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilari monitoringi o‘tkazildi. Monitoring ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N.S.Normaxamatov va ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i M.T.Mullajonova tomonidan o‘tkazildi. Xar bir tayanch doktorant, doktorant hamda mustaqil izlanuvchilar bilan individual gaplashilib, ularni ilmiy ishlarini reja asosida olib borilayotganligi, chop etilgan maqolalari va kutilayotgan  natijalar to‘g‘risida batafsil suxbatlashildi.

     

 

Toshkent farmatsevtika institutida tahsil olayotgan tayanch doktorant (Phd) va doktorant (DSc) larning faoliyati samaradorligi monitoringi bo’lib o’tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlarlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi  “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora –  tadbirlari to‘g‘risidagi”gi 304-son  Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom»ning 52-bandiga muvofiq Toshkent farmatsevtika institutida tahsil olayotgan tayanch doktorant (Phd) va doktorant (DSc) larning faoliyati samaradorligi monitoringi bo’lib o’tdi. Monitoring Toshkent farmatsevtika instituti rektori professori  I.I.Alimdjanov va    ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i M.T.Mullajonova tomonidan o‘tkazildi. Xar bir doktorant (Phd) va doktorant (DSc)larning  bilan individual gaplashilib, ularni ilmiy ishlarini reja asosida olib borilayotganligi, chop etilgan maqolalari va kutilayotgan  natijalar to‘g‘risida batafsil suxbatlashildi.

 

“Karaganda davlat tibbiyot universiteti bilan  xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va tajriba almashish” 

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi va Dori turlari texnologiyasi kafedrasi professor o‘qituvchilari boshchiligida   Karaganda davlat tibbiyot universiteti  professori f.f.d Abdullabekova Raisa Musilmanbekovna bilan ilmiy seminar trening bo‘lib o‘tdi. Seminarda “Разработка состава и технологии лекарственных форм для местного применения на основе углекислотного экстракта из травы Scоliosa ochroleuca L.”  mavzusida ma’ruza qildilar. Bundan tashqari  Karaganda davlat tibbiyot universiteti va u yerda olib borilaetgan ilmiy ishlar haqida doktorantlar bilan suxbatlashildi. Doktorantlar o‘zlarining ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha Abdullabekova Raisa Musilmanbekovnaga savollar berdilar.

     

     

 

“Хalqaro xamkorlik – zamon talabi” 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PP-2909-sonli qaroriga asosan Toshkent farmatsevtika instituti olimlari yetakchi xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha yo’naltirilgan ish olib bormoqdalar.

Shunday qilib, joriy yilning 17-23 may kunlari institutning bir guruh xodimlari – Farmakognoziya kafedrasi mudiri, prof. F.F.Urmanova, dori-texnologiyasi kafedrasi mudiri, prof. E.Kariyeva va ilmiy, innovatsion va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’i, dots. MT Mullajonovalar Xitoy Xalq Respublikasining Nanchang shahridagi Jiangxi Xitoy an’anaviy tibbiyot Universitetining 60 yilligini nishonlashda ishtirok etdi. Ushbu davr mobaynida an’anaviy xitoy tibbiy universiteti rahbariyati bilan uchrashuv bo’lib o’tdi, unda ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi va uni amalga oshirish uchun yo’l xaritasi muhokama qilindi va imzolandi.
Institut vakillari universitetning farmatsevtika fakultetining faoliyati bilan tanishdilar, ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish uchun farmatsevtika fakultetining o’quv rejalari, o’quv jarayoni va ilmiy ishlari bilan tanishdilar hamda an’anaviy xitoy tibbiy muzeyiga tashrif buyurdilar.

     

     

     

     

     

 

“Malakaviy imtihon”

Toshkеnt farmatsеvtika instituti xuzuridagi DSc.27.06.2017. Far.32.01 raqamli Ilmiy kеngashida mavjud ixtisosliklar bo’yicha tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar mutaxassislik fanlaridan malakaviy imtihon topshirdilar. Ixtisoslik fanlaridan malakaviy imtihonlarni O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy attеstatsiya komissiyasi Rayosatining 2016 yil fеvralida tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom”i  va 2017 yil 27 iyundagi “Malakaviy imtihonlarni o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomga o’zgartirishlar kiritish haqida” qarori asosida tashkil etildi.

     

 

Toshkent farmatsevtika institute “Doktorantlar maktabida” tahsil olayotgan tayanch doktorant (Phd), doktorant (DSc) va mustaqil izlanuvchilarning faoliyati samaradorligi monitoringi bo’lib o’tdi.

O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligining  2019-yil 26-iyundagi 572-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Talabgorlarning yakka  tartibdagi rеjasi bajarilishini xar chorakda monitoring qilish tartibi to’g’risida”gi nizomning ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlarlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi  “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora –  tadbirlari to‘g‘risidagi”gi 304-son  Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom»ning 52-bandiga muvofiq    “Doktorantlar maktabida” tahsil olayotgan   tayanch doktorant (Phd) va doktorant (DSc) larning faoliyati samaradorligi monitoringi bo’lib o’tdi. Monitoringni Toshkent farmatsevtika instituti rektori professor  I.I.Alimdjanov, ilmiy ishlar va  innovatsiyalar bo’yicha prorektori k.f.d.  N.S.Normahamatov va  ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagog  kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i M.T.Mullajonovalar tomonidan o‘tkazildi. Xar bir tayanch doktorant (Phd), doktorant (DSc) va mustaqil izlanuvchilar bilan individual gaplashilib, ularni ilmiy ishlarini reja asosida olib borilayotganligi, chop etilgan maqolalari va kutilayotgan  natijalar to‘g‘risida batafsil suxbatlashildi.

     

19.09.2019, 16:20 1250