ILM-FAN 2020

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Niderlandiyaning «Elsevier» kompaniyasi bilan hamkorlikda «Ilm-fan – 2020» milliy rivojlanish dasturini ishlab chiqqan. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda oliy ta’lim dargohlari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishdan iborat.

Milliy rivojlanish dasturi doirasida yurtimizdagi ilmiy jurnallarni «SCOPUS» va «ScienceDirect» xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi tizimiga kiritish, yosh olim va doktorantlarga maqolalar tayyorlash va ularni nufuzli nashrlarda chop etishiga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.

Xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo‘yicha

“Maslahat markazi”

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi negizida Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo‘yicha professor o‘qituvchilar, doktorant va talabalar uchun ko‘maklashuvchi institut rektorning 2018 yil14 iyundagi 462- buyrug‘iga asosan “Maslahat markazi” tashkil etildi. (buyruqni yuklab, unga ssыlka berib kuyiladi).

“Maslahat markazi”ning tarkibi

  1. N.S.Normaxamatov – ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor
  2. N.T.Farmanova – ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedogog kadrlar tayyorlash sektori mudiri
  3. M.SH.Foziljonova – xalqaro bo‘lim boshlig‘i
  4. A.T.Sharipov – AAFKK kafedra mudiri
  5. F.S.Jalilov – TOBK kafedra mudiri
  6. M.A.Tulyashova – TOBK kafedra katta o‘qituvchisi
  7. N.S.Fayzullayeva – DTT kafedra dotsenti
  8. D.N.Nurullayeva – tayanch doktorant
  9. F.E.Qarshiboyev – muxandis-dasturchi

 

“Maslahat markazi” ga  qo‘yidagi vazifalar yuklatildi:

  1. Yuqori impakt-faktorli ilmiy jurnallarda maqolalarni e’lon qilish uchun malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabalar uchun  xalkaro talablar asosida ishlab chiqilgan o‘quv seminarlarini tashkil etish;
  2. Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlikda yuqori impakt-faktorga ega bo‘lgan ilmiy jurnallarda maqola chop etilishiga bo‘lgan talablarni aniqlashtirish va metodik tavsiyanomani tayyorlash;
  3. Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish va ilmiy maqolalarni yuqori Impakt-faktorga ega jurnallarda chop etishga tayyorlash bo‘yicha tavsyanoma tayyorlash.

 

Institutda faoliyat yuritayotgan har bir kafedrada xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanishni tashkil etish va uning monitoringini olib borish bo‘yicha kafedra mudirlari va har bir kafedradagi ilmiy faoliyatga mas’ul o‘qituvchi belgilandi.

Xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanishni tashkil etish va uning monitoringini olib borish bo‘yicha mas’ullar ro‘yxati

 

Analitik, anorganik va fizkolloid kimyo Sharipov A.T.
Dori turlari texnologiyasi Karieva YO.S.
Farmakognoziya O‘rmonova F.F.
Toksikologik, organik va biologik  kimyo Jalilov F.S.
Farmatsevtika ishini tashkil qilish Umarova SH.Z.
Farmakologiya va klinik farmatsiya Saidov S.A.
Farmatsevtik kimyo Olimov X.Q.
Dori vositalarining sanoat texnologiyasi Xaydarov V.R.
Biotexnologiya Ismailova M.G.
Ekologiya va mikrobiologiya Nuralieva X.O.
Fizika, matematika va  axborot texnologiyalari SHodmonov K.K.
Tillar Tuychieva S.M.
Ijtimoiy fanlar Ismailov K.K.
Farmatsiya Akramov U.J.

Institut “Farmatsevtika jurnali” jurnalini Scopus xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kiritish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi:

  • S.Normaxamatov – ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor
  • O.Kazakov – moliya ishlar bo‘yicha prorektor
  • T.Farmanova – ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedogog kadrlar tayyorlash sektori mudiri
  • N.Aminov – AAFKK kafedrasi professori
  • T.SHaripov – AAFKK kafedra mudiri

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar tayyorlandi.

Xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga a’zo bo‘lish va ulardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomani quyidagi xavolalardan ko‘chirib olish mumkin. Ko‘chirib olish

Konferensiya va Seminarlar

14.09.2018, 16:37 197