“Ilm – baxt keltirar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

06.09.2017, 18:10 Institut yangiliklari, Yangiliklar 71

2017-yil 05-sentyabr kuni institut sanoat farmatsiyasi fakulteti tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida “Buyuk ajdodlarga ehtirom”, “Talabalar o‘rtasida ilm olishga bo‘lgan qiziqishini yanada shakllantirish”, “Ilm – baxt keltirar”  mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir jarayonida Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muxammad al-Xorazmiy, Alisher Navoiy qolaversa, har birining nomi tarix zarvaraqlariga abadiy muhrlangan samarkandiylar, buxoriylar, nasafiylar, xorazmiylar, termiziylar, xujandiylar, shoshiylar, farg‘oniylar, turkistoniylar, marg‘iloniylar kabi ajdodlarimiz faoliyati va erishgan yutuqlari talabalarga keng tushuntirib berildi. Shuningdek, talabalar o‘rtasida ajdodlarga munosib voris bo‘lish, ularni institut tartib intizomiga rioya etishlari, ilm olish insonni baxt sari etaklashi xususida ma’lumotlar berib o‘tildi. Tadbirda institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev, sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani X.Sh.Ilxomov, “Murabbiylar” kengashi raisi M.A.Xodjayeva, Xotin-qizlar raisi M.Y.Saidova va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut BT etakchisi O‘.J.Yunusovlar ishtirok etib, mavzu yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib borishdi. Tadbirda sanoat farmatsiyasi fakultet 1 kurs talabalari ishtirok etdi. Jami ishtirokchilar soni 250 nafarni tashkil etdi.