Ijarada va xususiy xonadonda yashovchilar talabalar o‘rtasida amalga oshirilayotgan ishlar.

02.12.2017, 18:26 Institut yangiliklari, Yangiliklar 191

Ijarada yashovchi talabalarning manzilli ro‘yxatlari shakllantirilgan bo‘lib, institut rektorining 2017-yil 05-oktyabrda 609-sonli buyruq iishlab chiqildi va imzolandi. Mazkur buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida institutda tahsil olayotgan ijarada yashovchi talabalarning ro‘yxati shakllantirildi.

Institut talabalari xususan ijarada yashovchi talabalar to‘g‘risida ma’lumot: institutda umumiy talabalar soni 2038 nafar, Toshkent shahrida yashovchi 156 nafar, talabalar turar yashovchi 348 nafar: shundan ijarada va xususiy xonadonda yashovchilar 1574 nafarni tashkil etadi.

Institutda tahsil olayotgan talabalarning viloyat kesimida quyidagi to‘g‘risida umumiy ma’lumot:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi –  106 , Andijon    – 71, Buxoro – 184, Namangan -135, Farg‘ona – 181,Navoiy – 100, Jizzax- 51, Sirdaryo – 74,Samarqand – 313, Xorazm – 142, Qashqadaryo – 225, Surxondaryo – 200, Toshkent viloyati – 208, Toshkent shahri – 451.

Ijarada yashovchi talabalar xonalariga tashrif buyurish, ularning yashash va dars qilish sharoitlarini mavjudligini o‘rganish bo‘yicha alohida reja ishlab chiqildi va 2017-yil 5-sentyabrda imzolangan.

Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, murabbiylar, dekanlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori har oyda bir marta reja-jadval asosida talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishda suhbatlar uyushtirib boradilar;

–    murabbiylar har oyda bir marta, dekanlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari har chorakda bir marta ijarada, qarindoshi, yaqin tanishining uyida yashovchi talabalarning yashash joylariga borib xabar oladilar;

–   dekanlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori ijarada, qarindoshi, yaqin tanishining uyida yashovchi talabalarning yashash joylaridagi mahalla raisi va faollari hamda uchastka noziri bilan faol muloqot o‘rnatadi (va boshqalar) .

O‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan. Bunda har bir talabaning mahallasi nomi, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, uchastka nozirining ism sharfi, telefon raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar banki jamlangan.

Ijarada yashovchi talabalarni institutda tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, fan, badiiy havaskorlik to‘garaklari va sport seksiyalariga faol jalb etish choralari ko‘rilgan. Ijarada yashovchi talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini yanada shakllantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 15 ta ilmiy,  5 ta badiiy, ijodiy, 5 ta sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. To‘garaklarga malakali professor-o‘qituvchilar, fan arboblari biriktirilib, ular rahbarligida talabalarga saboq berilmoqda.

Institut talaba-yoshlari Respublika miqyosida o‘tkazilib kelinayotgan turli ko‘rik-tanlovlarda va sport musobaqalarida ishtirok etib kelmoqdalar. Bugungi kunga qadar institutda 25 ta to‘garaklar (ilmiy to‘garaklar bilan birgalikda)mavjud bo‘lib, unda 220 dan ortiq talaba-yoshlar jalb etilgan. Shuningdek, ijarada yashovchi talabalarning 375 nafari xususiy (til o‘rganish, sport, pazandachilik, tikuvchilik, soch turmaklash, raqs va b.lar)to‘garaklarga jalb etilgan.