“Ichki ishlar organlari mutaxassislari bilan huquqiy madaniyatni oshirish borasida uchrashuv”

15.03.2018, 21:15 Institut yangiliklari, Yangiliklar 406

     

     

Huquqiy demokratik davlat qurayotgan ekanmiz, har tomonlama bilimli, yuqori malakali, xalqaro standartlarga javob beradigan, o‘z kasbining haqiqiy fidoyisi bo‘lgan yoshlar tarbiyalash muhim. Biz qurayotgan demokratik huquqiy davlat qonun ustuvorligiga asoslangan. Yoshlarni huquqiy madaniyatini oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Mazkur vazifani amalga oshirish borasida institutda bir qator chora tadbirlar amalga toshirib kelinmoqda. Soha mutaxassislari ishtirokidagi targ‘ibot tadbirlari o‘z samarsini beradi. 2018-yil 15-mart kuni institutda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi bilan hamkorligida institut talabalari o‘rtasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish” va “Jinoyatga jazo muqarrar” mavzularida ma’naviy ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasining yoshlar masalalari bo‘yicha boshlig‘i o‘rinbosari Ochilov Abdurashid Abduxamidovich, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi inspektori, leytenant Davletshin Nail Ravilevich, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘limi boshlig‘i, polkovnik, Xalq ta’limi a’lochisi Altinov Ubaydulla Ilyosovich, Mirobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘limi katta inspektori Zayniddinov Samariddin Baxriddinovichlar ishtirok etdilarTadbirni institut rektori professor I.I.Alimdjanov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbir ishtirokchilari yoshlar o‘rtasini jinoyatchilikni oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligiga rioya etish, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik borasida mutaxassislar tomonidan qiziqarli ma’ruzalar tingladilar.Shuningdek, 2018-yil 14-fevral kuni Prezidentimiz tomonidan «Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qarori bilan tanishtirib o‘tilib xavfsiz shahar dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berdilar.