“Huquqiy madaniyatni oshirish borasida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

12.10.2017, 10:50 Institut yangiliklari, Yangiliklar 184

    

“O‘zbekiston Respublikasida 2017-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”  35,98-bandlari ijrosini ta’minlash hamda turli yot g‘oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olish maqsadida,  Toshkent farmatsevtika institutida 2017-yil 11-oktyabr  kuni “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning oldini olish“, “Jinoyatga jazo muqarrar ekanligi”mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut ilmiy ishlari bo‘yicha prorektor R.T.Tulyaganov kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘tkazilayotgan tadbirning mazmun-mohiyati yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi. Tadbirda Mirobod tumani IIB mutaxassislari ishtirok etishdi., Mirobod tuman IIB XOOB MTP MKI mayor S.B.Zaynuddinov, Mirobod tuman IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi inspektorlari Nabiyeva Venera Munirovnalar mavzu yuzasidan ma’ruza qildilar. O‘z ma’ruzasida quyidagilarga ahamiyat berib o‘tdi. Mamlakatimizda yoshlarni huquq va manfaatlarini himoya qilish, bu boradagi ishlarni huquqiy asoslarini mustahkamlash,  o‘sib kelayotgan yosh avlodga har tomonlama g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ijtimoiy-huquqiy yordamga muhtojlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ular orasida qarovsizlik va nazoratsizlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, bir so‘z bilan aytganda sog‘lom avlodni kamolga etkazish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. «Jinoyatchilikni oldini olish va profilaktika kuni» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan tuman miqyosida ham bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Respublikamizda joriy yil davomida jinoyatchilik 11%ga kamaygani haqida tshxtalib o‘tdi.Yoshlar o‘rtasida sodir bo‘layotgan jinoyatchilik turlari o‘g‘rilik, tovlamachilik, talonchilik kabilar, ularni kelib chiqish sabablari va oqibatlari haqida jonli misollar bilan tushuntirish ishlarini olib bordi Mirobod tuman IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi inspektorlari Nabiyeva Venera Munirovna talabalr bilan jonli muloqot shaklida ma’ruza qildi. U talabalarni qiziqtirgan savollar asosida huquqbzurliklarni oldini olish borasida amaliy misollar bilan tushuntirish ishlarini olib bordi.

     

 Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning BMT sammitidagi nutqi videroligi namoyish etildi. Mazkur ma’ruza borasida farmatsiya fakulteti dekani A.A.Nurmuxamedov o‘z firklarini bayon qilib,respublikamiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan fikrlarga to‘xtalib o‘tib, yoshlarni yaratib berilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanishga, bo‘sh vaqtlarini foydali ishlarga sarflashga hamda diniy ekstremizmga qarshi kurash borasida ma’rifiy islom bilan kurashishga chaqirdi.

Tadbirda jami 250 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.