«Huquqbuzarlikning oldini olish choralari»

23.02.2015, 15:10 Institut yangiliklari 376

2015-yil 20-fevral kuni soat 14-00 da institut faollar zalida institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining huquqbuzarlik, jinoyatchilik, shuningdek boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarning oldini olish, ular o‘rtasida diniy ekstremistik, terroristik va fundamentalistik mafkura va qarashlarni targ‘ib qiluvchi oqimlarning asosiy maqsadini fosh etish, internet tarmoqlari tomonidan bo‘layotgan turli ma’naviy tahdidlarning oldini olish hamda 2015-yil fevral oyi – “Yoshlar orasida narkotik moddalarning tarqalishiga qarshi kurash” oyligi munosabati bilan “Huquqbuzarlikning oldini olish choralari”, “Giyohvandlikka qarshi kurash – barchaning burchi”, “Diniy ekstremistik va terroristik oqimlarga qarshi kurashda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishning dolzarb masalalari” mavzularida davra suhbatini tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huquqbuzarlikning oldini olish Bosh Boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha katta inspektori, mayor Shoumarov Ziyovitdin Shamsiddinovich, Toshkent shahar IIB jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimi, kapitan Salimov Akmal Rustamovich, Toshkent shahar IIB terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi mayori Muhitdinov Dilmurod Sa’dullayevich va Toshkent Islom universiteti Islomshunoslik kafedrasi dotsenti Bekmirzaev Ilhomjon Isroiljonovich ishtirok etib, mavzu yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishalarini olib bordilar. Jami ishtirokchilar soni 250 nafarni tashkil qildi.