“Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurash – barchamizning vazifamiz va burchimiz”

10.02.2018, 18:27 Institut yangiliklari, Yangiliklar 378

Mamlakatimizda o‘tgan qisqa davrda aholining tinch hayot kechirishini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borildi.  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan aholi salomatligini mustahkamlash, xavfsizligini kafolatlash, fuqarolarning tinch va farovon hayot kechirishini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida mutlaqo yangi tizimni shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayapti. 2018-yil 8-fevral kuni institutda Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi  hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining haftaning har payshanba kuni “Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi profilaktika kuni” deb e’lon qilinishi munosabati bilan  “Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurash – barchamizning vazifamiz va burchimiz” mavzusida professor-o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Targ‘ibot tadbiri Mirobod tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasining ilmiy-nazariy asoslarini rivojlantirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi tushuntirish ishlari bilan birga talabalar  o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy vazifalari, nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarning ishtiroki, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyati, ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalari vakolatlari va boshqa bir qator masalalar atroflicha muhokama etildi.

Ichki ishlar xodimlariga professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish, chet elga chiqish tartib-qoidalari, jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi huquqiy hujjatlar masalalari yuzasidan savol-javoblar berildi, fikr-mulohazalar yuritildi. Mazkur tadbirlarni muntazam o‘tkazish  jinoyatchiliklarni oldini olishda muhim vosita bo‘lishi ta’kidlandi.