“Hokim va yoshlar” uchrashuvi Institutda tuman hokimi bilan uchrashuv tashkil etildi

25.02.2017, 10:28 Institut yangiliklari, Yangiliklar 462

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 12 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2124 – sonli qaror ijrosi hamda 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan 2017 yil 24 fevral kuni soat 12-00da Toshkent farmatsevtika instituti majlislar zalida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbir Mirobod tumani hokimiyati, “Kamolot” YOIH Vasiylik Kengashi, Kengash qoshida tashkil etilgan “Yosh trenerlar”, “Kamolotdan karate” klublari hamda Toshkent farmatsevtika instituti hamkorligida tashkil etildi.

Mazkur tadbir orqali yurtimizda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlardan oqilona foydalanish, barkamol, komil inson bo‘lib voyaga etishlarida ta’lim muassasalalari, mahalla va oilaning o‘rni hamda 2017 yil – “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ning mazmun-mohiyati va turli ma’naviy tahdidlar haqida ma’lumotlar berilib,  ular bilan kurashish usullari va yo‘nalishlarini ochib berildi hamda yoshlarni bugungi kunning qadriga etishga, berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishga targ‘ib etildi.

     

Mazkur uchrashuvda Mirobod tuman hokimi Kadirov Sharofiddin Toxirovich, “Kamolot” YOIH Mirobod tuman raisi Fayzullaev Mardon Narzullaevich, Toshkent farmatsevtika instituti rektori v.b. Tulaganov Rustam Tursunovich, Toshkent farmatsevtika instituti qoshidagi akademik litseyi direktori Sagatov Ibrohim Raupovich ishtirok etishdi.

Tadbir davomida institut talablari hamda AL o‘quvchilari tomonidan berilgan savollar tuman hokimi to‘liq javoblar berdi.