«Hokim kubogi»

25.05.2015, 08:20 Institut yangiliklari 590

Sportning futbol turini yanada kengroq targ‘ib qilish, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida, 2015-yil 16-may kuni Mirobod tumanidagi 213-sonli umumta’lim maktabida “Hokim kubogi” an’anaviy futbol turniri o‘tkazildi.

Musobaqada institutning iqtidorli talabalari o‘z jamosi bilan ishtirok etib, tuman miqyosida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda “Hokim kubogi”  va diplom bilan taqdirlandi.