HAYR-EHSON XALQIMIZGA XOS FAZILAT

12.04.2018, 10:24 Institut yangiliklari, Yangiliklar 313

2018-yil 9-aprel kuni institut Farmatsiya fakulteti 1-kurs 2/2 va 7/1-guruh talabalari hamda guruh murabbiysi Ashurova Nigora Xayitovna boshchiligida Toshkent viloyati Zangiota tumani “Tokzor” mahallasi 2-tor Bobur ko‘chasi 28-uyda istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironi bo‘lgan Qo‘ziboyeva Dilbar Abdurashidovna xolidan xabar olindi. Shuningdek, talabalar va guruh murabbiysi tashabbusi bilan 1-guruh nogironi bo‘lgan Qo‘ziboyeva Dilbar Abdurashidovnaga kerakli dori–darmonlar, qo‘ltiqtayoq va oziq-ovqat maxsulotlari taqdim etildi. Shuningdek, xonadon egasi bilan bo‘lgan suhbatda oiladagi muhit, mahalla faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tildi. Hamda o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan qadriyatlar, ezgu amallar, hayr-ehson singari fazilatlarning yoshlar o‘rtasida targ‘ib etilishi tahsinga loyiqligi qayd etildi. Tadbirda jami 6 nafar talabalar jalb etildi. Bu kabi xayriya tadbirlari natijasida talabalarda shkuronalik tuyg‘ularini, ota-onalari tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlarga qanoatlanish tuyg‘ularini shakllantirishga erishildi. Tashrif jarayonida Toshkent viloyati Zangiota tumani “Tokzor” mahalla raisi SH.Komilova hamrohlik qildi.