Hashar elga yarashar

15.05.2016, 09:01 Institut yangiliklari, Yangiliklar 350

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yillik bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, institut hududining sanitariya holatini yaxshilash hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 13 maydagi 09-er-4/79-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida institutda 2016 yil 14 may kuni hashar o‘tkazildi.

 Institut hududida  obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari zamonaviy talab darajasiga chiqarilgan. Hashar davomida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 2016 yil 14 may kuni institutda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

 – institut hududidagi ta’mirtalab bo‘lgan ichki yo‘laklar ta’mirlandi;

– irrigatsiya tarmoqlarini tozalash hamda tartibga keltirish ishlari olib borildi;

– institut hududida ekilgan daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlandi.

Mazkur ishlarga institut o‘qituvchilari va talabalari jalb etildi.

IMG_2909     IMG_2922

IMG_2930     IMG_2915