Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!

28.03.2016, 15:26 Institut yangiliklari, Yangiliklar 752

2016-yil 26-mart kuni soat 12-00 da institut sport o‘yingohida “Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlangan “Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, “Murabbiylar” kengashi, kasaba uyushma qo‘mitasi, xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirda institutning barcha jamoasi, rahbar xodimlar (430 nafar) hamda 25 nafar faxriylar, nuroniylar tashrif buyurishdi.

Tadbirda O‘zbekiston xalq artistlari Zulayho Boyxonova, Mahmud Namozov, Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Ravshan Komilov, Ilxom Farmonov, teleboshlovchi Anvar Azimov, trio “Shoshnavolar”, “Fasliy navbahor” estrada guruhlari o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan barchani xushnud etdilar. Tadbir jarayonida institut ilmiy salohiyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan, yuqori malakali  mutaxassislarni tayyorlash, ularni turli xil yot g‘oyalardan asrash va milliy qadriyatlar, urf-odatlarimizni targ‘ib etishda faol xizmat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar (19 nafar) hamda institutning obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol xizmat ko‘rsatayotgan xodimlar (13 nafar) institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, kasaba uyushma qo‘mitasining  taklifiga binoan qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandi.

2016_112      2016_111

2016_113      2016_115

2016_116      2016_114