“Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!”

27.03.2017, 17:36 Institut yangiliklari, Yangiliklar 615

2017 yil 24 mart kuni soat 14-00 da institut sport o‘yingohida “Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlangan “Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, “Murabbiylar” kengashi, kasaba uyushma qo‘mitasi, xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirda institutning barcha jamoasi, rahbar xodimlar (430 nafar) hamda 25 nafar faxriylar, nuroniylar tashrif buyurishdi.

     

     

Tadbirda O‘zbekiston xalq artistlari Munojot Yo‘lchiyeva, Nasiba Abdullayeva, Mahmud Namozov, Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Toshpo‘lat Matkarimov, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi suhandoni Tolibjon Isroilov, aktrisa Feruza Sobitova, so‘z ustasi, “Handalak” guruhi qiziqchisi Zokirjon Ochildiyev, taniqli estrada xonandasi, “E’tirof” mukofoti sovrindori Munisa Rizayeva o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan barchani xushnud etdilar.

     

     

Tadbir jarayonida institut ilmiy salohiyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan, yuqori malakali  mutaxassislarni tayyorlash, ularni turli xil yot g‘oyalardan asrash va milliy qadriyatlar, urf-odatlarimizni targ‘ib etishda faol xizmat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar hamda institutning obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol xizmat ko‘rsatayotgan xodimlar institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, kasaba uyushma qo‘mitasining  taklifiga binoan qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandi.