“Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!”

08.09.2016, 09:13 Institut yangiliklari, Yangiliklar 432

 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oyadan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlanib, institut katta faollar zalida 2016 yil 6 sentyabr kuni soat 15-00 da professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida “Kim edigu, kim bo‘ldik”, “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi a’zosi Sirojiddin Sayyid, institut ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori O.I.Xudoyberdiev, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.U.Aliev, fakultet dekanlari va dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi a’zosi Sirojiddin Sayyid mavzu yuzasidan ma’ruza qildi, shuningdek, vatanparvarlik mavzularidagi she’rlardan parchalar o‘qidi. So‘ngra “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” mavzusidagi videorolik namoyish etildi. Tadbirda jami 250 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtiroki ta’minlandi.

IMG_6951     IMG_6958

IMG_6959     IMG_6961