«Globallashuv sharoitida mafkuraviy tahdidlar va yoshlar ma’naviyati»

22.04.2015, 05:10 Institut yangiliklari 331

Yoshlarni har jihatdan sog‘lom, barkamol qilib tarbiyalash, ularning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yanada yuksaltirish, ongi va dunyoqarashini milliy qadriyatlarimizga yot unsurlardan himoyalash hamda talabalarni milliy urf-odatlar, qadriyatlarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalash, internet tarmoqlari tomonidan bo‘layotgan turli ma’naviy tahdidlarning oldini olish  va institut professor-o‘qituvchilarining diniy, huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida 2015-yil 17-aprel kuni soat 15-00da faollar zalida “Yoshlarni turli yot g‘oyalardan saqlashda dinning o‘rni”, “Globallashuv sharoitida mafkuraviy tahdidlar va yoshlar ma’naviyati” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdullaziz Mansur ishtirok etdi va qiziqarli ma’ruza qildi. Tadbirda 200 nafar professor-o‘qituvchilar va 50 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

 

 

  

 Toshkent farmatsevtika instituti, 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi Nigora Ashurova