“Giyohvandlik, hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish illat”

23.11.2017, 18:49 Institut yangiliklari, Yangiliklar 275

Toshkent farmatsevtika institutida  2017-yil 28-noyabr  kuni  “Giyohvandlik, hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish illat” mavzusida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimi Eshov Xurshid Xurramovich, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi bo‘lim boshlig‘i G‘ulomov Shuxrat Baxodirovich, Toshkent shahar Narkologiya dispanseri vrach-narkologi Allanazarova Yulya Ilinichna va institut rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari mazkur masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

     

     

Ma’lumki, jamiyat, millat ravnaqiga jiddiy putur yetkazuvchi giyohvandlik muammosi hozirda dunyo davlatlarini tashvishga solib kelmoqda. Giyohvandlik oqibatida minglab norasida go‘daklar mayib majruh tug‘ilmoqda, oilalarda ajrashishlar ko‘paymoqda va dunyoda millonlab odamlar hayotdan bevaqt ko‘z yummoqda. Eng afsuslanarli jihati shundaki bu  jirkanch narsaga mubtalo bo‘lgan kimsalarning tuzalishi juda ham qiyindir. Nogiron farzandlar dunyoga kelishi, giyohvandlar qilmishlarining sodir etilishi ortidan kelib chiquvchi aholi sog‘ligi va hayotiga jiddiy xavf tug‘diradigan jinoyatchiliklar barchani tashvishga solib kelmoqda Insoniyat taraqqiyotning yangi-yangi cho‘qqilarini zabt etmoqda. Biroq jahonda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid tug‘diruvchi bir qancha omillar hamon saqlanib qolmoqda. Ana shunday xatarlardan biri giyohvandlik balosidir. Global muammoga aylangan ushbu illatga qarshi kurashishda davlatlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir avvalida “Qabohat” filmi namoyish etildi.