«Giyohvand moddalarni qo‘llash asoratlari»

23.05.2015, 08:16 Institut yangiliklari 467

Inson salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi illatlarning oldini olish maqsadida, 2015yil 8may kuni toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi tashabbusi bilan institut qoshidagi akademik litseyning 3kurs o‘quvchilari o‘rtasida “Giyohvand moddalarni qo‘llash asoratlari”mavzusida davra suhbat tashkil etildi.

Suhbatda kafedra katta o‘qituvchisi D.Zulfikoriyeva so‘zga chiqib, O‘zbekistonning giyohvand moddalarini tarqatishga qarshi xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlari yoshlarning kelajakdagi rivojiga giyohvand moddalarning salbiy oqibatlari xususida gapirildi va giyohvand moddalarning kelib chiqishi, giyohvand moddalarni ajratib olish uchun foydalaniladigan o‘simliklar, ularning ta’sir etuvchi zaxarli hususiyatlari, giyohvand moddalarni iste’mol qilganlarning qanday oqibatlarga olib kelishi  yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi. Jami ishtirokchilar soni 42 nafarni tashkil qildi.