Giyohvandlikka qarshi kurash barchaning vazifasi

29.10.2016, 14:44 Institut yangiliklari, Yangiliklar 838

 

Institutda 28 oktyabr kuni soat 11-00da O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda giyohvandlikka qarshi kurash chora-tadbirlari to‘g‘risida ma’naviy ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. chrashuvni institut rektori professor A.N.Yunusxo‘jaev kirish so‘zi bilan ochib berib tadbirning mazmun-mohiyati bilan talabalarni tanishtirdilar.Mazkur tadbir hozirgi kunda jahon miqyosidagi global muammolardan.Ushbu borada talabalar bilimini doimo oshirib borish zarur. Tadbirda ishtirok etgan mutaxassislar o‘z ma’ruzalarida quyidagilarga e’tibor qaratdilar:  Giyohvandlik va uni kishilar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida tarqalishining oldini olish maqsadida BMT huzurida giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi xalqaro hay’at tashkil etilgan. Mazkur hay’at tomonidan har yili e’lon qilinayotgan ma’lumotlarga qaraganda jahonda giyohvandlik va unga bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Shuning uchun ham giyohvandlikning oldini olish va unga qarshi kurashish hamda giyohvandlikka mubtalo bo‘lganlarni davolash borasida yagona dastur ishlab chiqildi va hayotga tadbiq etilmoqda. Bunday illat domiga tortib qolgan kishilar haqida narkolog N.Bobojonova quyidagilarni tushuntirirdi. Giyohvandlikka odatda, ruhan zaif, irodasi bo‘sh, birovlarga taqlid qilishga moyil, o‘ta xudbin kishilar beriluvchan bo‘ladi. Bunday shaxslar o‘z moyilliklariga qarshi kurasholmaydilar. Bora bora organizmdagi moyillik “mutlaq g‘olib” ga aylanadi. Avval tajanglik, kayfiyat buzuqligi, xotira susayishi kabi ruhiy o‘zgarishlar, keyinchalik terlash, yurakning notekis urishi, tanglayning quruqshashi, ozish, qo‘l-oyoqda titroq paydo bo‘lishi, rang siniqishi, ko‘z qorachig‘ining kengayishi kabi jismoniy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bangilik odamni majruh qilib qo‘yadi.

Endi u navbatdagi kayfni surish uchun har qanday pastkashlikdan toymaydi. Sotqinlik, aldash, o‘g‘rilik uning kundalik yumushiga aylanadi. Ma’lum vaqt o‘tgach, narkotik doza bangi organizmiga “hokim”lik qila boshlaydi. Bu davrda narkotik modda dozasining ozgina oshirilishi bemorning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin. Qattiq nazorat ostida davolanilmasa, narkomanning hayoti xavf ostida qolishi mumkin. Yoshlar tarbiyasi sohasidagi muammolarni qanchalik tez hal qila olsak, bu illatga qarshi samarali kurasha olamiz. Buning uchun har bir kishida ijtimoiy burch tuyg‘usini tarbiyalash kerak. Bundan tashqari, bugun barcha illatlarga qarshi ayovsiz kurash ketayotganda jazolashni asosiy chora deb qaramasdan, profilaktika, ya’ni illatlarning oldini olishga ko‘proq e’tibor bermoq zarur. Jamiyatimizdagi har bir muvaffaqiyatga, har bir salbiy hodisaga barcha birdek javobgardir.

IMG_0145     IMG_0160

IMG_0171     IMG_0129