Germaniyaning Gamburg universiteti: Barcha bosqichlar uchun 1000 yevrogacha stipendiya

08.04.2019, 17:16 Yangiliklar 277

Germaniyaning Gamburg universiteti Merit scholarships for international students enrolled at Universtet Hamburg dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Dastur 2 semestrdan 3 yilgacha mo‘ljallangan.

Grant universitetga o‘qishga kirgan barcha bosqich talabalariga beriladi.

Doktorantura talabalari uchun uch yilgacha stipendiya ajratilishi mumkin.

Grant yutib olgan nomzodga bir yil davomida har oyda 720 dan 1000 yevrogacha  stipendiya beriladi.

Nomzodalar quyidagi me’zonlar asosida saralanadi:

A’lo baholari

Qo‘shimcha faoliyati; prezentatsiyasi, nashr ishlari, ko‘rgazmalarda qatnashganligi, mukofotlari boshqalar

Volontyorlik faoliyati

Moddiy yordamga muhtojligi.

Barcha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi havola orqali o‘ting  www.grantlar.uz

 

Intitut matbuot kotibi  N.L.Usmanova