“Genomika va bioinformatika markazi”da “Biotexnologiya” kafedrasi filiali ochildi.

23.03.2018, 11:46 Institut yangiliklari, Yangiliklar 695

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2018-yil 14-fevraldagi 3532-sonli “Farmatsevtika sohasini takomillashtirish chora tadbirlarlari to‘g‘risida”gi, xamda 2017-yil 5-may 2956-sonli “Tibbiy ta’limni yanada isloh qilish to‘g‘risida”gi Prezident qarorlarining ijrosi sifatida 2018-yil 14-mart O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genomika va bioinformatika Markazi (Qibray tumani Universitet kuchasi 2 uy)da “Biotexnologiya” kafedrasi filialini ochilish marosimi bo‘lib o’tdi. 2017-yil 15-noyabr kuni Toshkent Farmatsevtika Instituti va  Markaz o‘rtasida xamkorlik shartnomasi tuzilgan bo‘lib, yukori malakali mutaxassislarning ta’lim berishlari hamda nazariy va amaliy bilimlarning uyg‘unligini ta’minlanishi nazarda tutilgan.

     

     

Filialning ochilishi marosimida Markaz direktorining muovini prof. Z.T. Tojiyev, Toshkent farmatsevtika instituti rektori I.I.Alimdjanov, O’quv ishlari bo‘yicha prorektor t.f.d., prof. T.A.Nabiyev, Ilmiy ishlari bo‘yicha prorektor k.f.d, prof. N.S.Normaxamatov, O’quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i N.A.Abzalova, Biotexnologiya kafedrasi mudiri M.G.Ismailova, kafedra assistenti L.I.Alimdjanova, kafedra magistrlari va talabalari ishtirok etdilar.