“Fizika” fani bo’yicha institutimiz talabalari orasida navbatdagi fan olimpiadasinig 2-turi bo’lib o’tdi.

13.03.2018, 15:40 Institut yangiliklari, Yangiliklar 359

II-tur haqida

2018-yilning 13-mart, seshanba kuni “Fizika, matematika va axborot texnologiyasi” kafedrasi rejasiga binoan “Fizika” fan olimpiadasining II-turi (laboratoriya ishi va masalalar yechish) institutimiz talabalari orasida bo’lib o’tmoqda. Fan olimpiadasi oldindan rejalashtirilgan vaqtda, ya’ni soat 14:00 da “Fizika, matematika va axborot texnologiyasi” kafedrasi tasarrufidagi “Fizika” laboratoriya o’quv xonalarida olib borilmoqda. Fan olimpiadaning II-tur (laboratoriya ishi va masalalar yechish) da qatnashchilarning laboratoriya ishi bajarishi jarayoni ilovadagi fotosuratlarda aks ettirilgan.

     

“Fizika” fan olimpiadasining I-turi (test sinovlari) natijalari talabalar e’tiboriga havola qilinadi va II-tur najiralari bilan umumlashtiriladi.

     

Fan olimpiadasi natijalari nizomda ko’rsatilgan tartibda belgilangan vaqt “Fizika, matematika va axborot texnologiyasi” kafedrasi e’lonlar peshtaxtasida talabalar e’tiboriga havola etiladi.

“FMAT” kafedrasi mudiri:

Shadmanov K.K.