“Fizika” fani bo’yicha institutimiz talabalari orasida navbatdagi fan olimpiadasi bo’lib o’tdi.

12.03.2018, 17:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 435

2018 yilning 12-mart, dushanba kuni Toshkent farmatsevtika institutining “Fizika, matematika va axborot texnologiyasi” kafedrasi tasarrufidagi (institutning 2-binosi 4-qavat) 103-xonada soat 15:00 da “Fizika” fani bo’yicha institutimiz talabalari orasida navbatdagi fan olimpiadasining I turi (test sinovi) bo’lib o’tdi. “Fizika” fan olimpiadasining I turida (test sinovi) 20 nafar talaba qatnashdi. Fan olimpiadasining test sinovlari vaqtida olingan lavhalar ilovada keltirilmoqda.

     

“Fizika” fan olimpiadasining II turi (laboratoriya ishi va masalalar yechish) joriy yilning 13-mart, seshanba kuni soat 14:00 da “Fizika, matematika va axborot texnologiyasi” kafedrasi tassarufidagi fizika laboratoriya o’quv xonalarida bo’lib o’tadi.

     

Fan olimpiadasi natijalari nizomda ko’rsatilgan tartibda belgilangan vaqt “Fizika, matematika va axborot texnologiyasi” kafedrasi e’lonlar peshtaxtasida talabalar e’tiboriga havola etiladi.

         “FMAT” kafedrasi mudiri

                   Shadmanov K.K.