Faxriylar doim e’zozda

04.03.2017, 10:56 Institut yangiliklari, Yangiliklar 455

2017 yil 3 mart kuni DVST kafedrasi  kafedra mudiri boshchiligida bir guruh o‘qituvchilar bilan birgalikda  (dotsent Djalilov F., katta o‘qituvchi Foziljonova M.SH. va Abdujalilova Z.X) kafedrada uzoq yillar faoliyat olib borgan dotsent Muratova Farida opa xonadonlariga tashrif buyurib, ustozni bahor bayrami bilan qutlab,  8 mart bayrami bilan tabriklab qaytdilar.

     

Kafedraning yosh o‘qituvchilari faxriylar bilan hayot yo‘li, hozirgi kunda ta’lim,sog‘liqni saqlash tizimidagi islohatlar haqida suhbatlashdilar. Shuningdek, Farida opa va ularning turmush o‘rtoqlari bilan hozirgi tinch-osoyishta hayotning, barqaror taraqqiyot bu davlatimiz, hukumatimizning oqilona siyosati natijasi ekanligi e’tirof etib, qadriga etishga, shukronalik hissi bilan yashashga chaqirdilar.