Farmatsiyada fan, ta’lim va ishlab chiqarishning dolzarb masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

18.11.2016, 17:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 421

 

O‘zbekiston Respublikasining Bosh Vaziri, Prezident vazifasini bajaruvchi Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2015 yil 20 aprelda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida “Dorivor o‘simliklar asosidagi dori vositalarini va biologik faol qo‘shimchalarini (BFQ) mahalliy korxonalarda ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 32-sonli bayonnomasiga asosan Toshkent farmatsevtika institutida 2016 yil 17-18 noyabr kunlari Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish, hamkorlikning yangi shakllarini ishlab chiqish, farmatsiya sohasidagi yangi yutuqlarni amaliyotga joriy qilish, olimlar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish maqsadida, “Ta’lim, fan va ishlab chiqarishda farmatsiyaning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Konferensiya 2016 yil 17 noyabr kuni Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida o‘z ishini boshladi Tadbirda Janubiy Koreya, AQSH, Rossiya va boshqa chet el davlatlardan soha mutaxassislari hamda yurtimizda faoliyat olib borayotgan farmatsevtlari  ishtirok etdi.

IMG_1471     IMG_1502

IMG_1520     IMG_1532

Anjuman sanoat miqyosida mahalliy xom-ashyolardan dori vositalarini ishlab chiqarishni yanada samarali tashkil etish, unga bog‘liq muammolar echimini topish, innovatsiyalarni kengroq joriy etishni asosiy vazifa qilib belgiladi. Unda Respublika tibbiyot kasb-hunar kollejlari rahbarlari va o‘qituvchilarining ishtirok etishi ham  ko‘zda tutilgan bo‘lib, respublikamizda yosh mutaxassislarni kasbga yo‘naltirish, ularning o‘quv amaliyotlari tashkil etilishi, kollejlarning moddiy-texnik bazasini zamon talablari asosida mustahkamlash, kollej bitiruvchi yoshlarini ish bilan ta’minlash masalalarini hal etishda mazkur anjuman amaliy asos bo‘lib xizmat qildi.

IMG_1559     IMG_1568

IMG_1770     IMG_1562