Farmatsevtika jurnali

Farmatsevtika jurnaliga 1992 yilda asos solingan. Yilda 4 marta chiqadi.
Maqolalarni rasmiylashtirish tartibi

Maqola bir interval oralig‘i, 12-nchi shriftda, Word, Times New Roman bo‘yicha terilgan bo‘lishi lozim. Taxririyatga maqolaning ikkita nushasi va elektron varianti taqdim etiladi.
Maqola bilan birga ish bajarilgan muassasa rahbari imzo chekkan yo‘llovchi xat va ekspertiza dalolatnomasi taqdim qilinadi. Original maqolalar hajmi jadvallar, rasmlar, adabiyotlar ro‘yxati va rezyume bilan birga 8 betdan, tahliliy maqolalar esa 10-12 betdan oshmasligi, lekin har bir ilmiy maqola hajmi 0,25 bosma taboqdan kam bo‘lmasligi lozim. Tahliliy maqolalar faqat jurnal tahririyati buyurtmasi bilan yoziladi.
Matndagi xarfli qisqartirishlarning ma’nosi avval to‘liq ochib beriladi, so‘ngra qisqartirishga tavsiya etiladi. Qisqartirishga qabul qilingan so‘zlardan boshqasini qisqartirish mumkin emas, maqolalardagi o‘lchov birliklari SI sistemasida beriladi. Maqola matnidan avval: UDK, muallif ismi, sharifi, familiyasi ko‘rsatiladi. Maqola nomi katta xarflar bilan yoziladi. Maqola oxirida bog’lanish uchun telefon raqami, e- mail, mas’ul shaxs ko‘rsatiladi. Maqola oxirida barcha mualliflar imzo chekishlari shart. Chop etishga qabul qilingan maqolalar majburiy ravishda taqriz qilinadi va lozim bo‘lsa tahrirlanadi. Tahririyat maqolalarni qisqartirish vakolatiga ega; boshqa nashriyotlarda chop etilgan maqolalarni tahririyatga yo‘llash qat’iyan man etiladi. Qabul qilingan maqola qaytarib berilmaydi.
Original maqolalar quyidagi qismlarni o‘z ichiga olishi kerak: kirish, mavzuning dolzarbligi, tajriba qismi va olingan natijalarning muhokamasi, hulosa. Tadqiqot metodikasi aniq va batafsil materiallar esa tushunarli, aniq va qisqa tarzda beriladi.
Kimyoviy formulalar, jadvallar, dori vositalarining dozasi va xavolalar sinchiklab tekshirilgan bo‘lishi shart. Matnda maqola oxirida keltirilgan adabiyotlar ro‘yxatiga xavolalar ketma- ketlikda berilishi talab qilinadi (Gost…).
Grafik materiallarining soni 2-3 tadan oshmasligi, fotosuratlar ham yuqori sifatli bo‘lishi, rasmlar aniq, ularning tagiga yoziladigan bitiklar boshqa betga o‘tib ketmasligi, matnda rasm va jadvallarga albatta xavolalar berilishi zarur.
Maqolalar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida qabul qilinadi. Maqolaga rezyumelar ilova qilinishi lozim (60 ta so‘zdan ko‘p bo‘lmasligi kerak). Maqola boshida u qaysi tilda bo‘lsa, o‘sha tilda rezyume va tayanch iboralar (kalit so‘zlar) beriladi. Adabiyotlar ro‘yxatidan so‘ng esa maqola o‘zbek tilida yozilgan bo‘lsa, yana rus va ingliz tillarida va aksincha, ruscha yozilgan maqolalarga o‘zbek, ingliz tillarida rezyume va tayanch iboralar beriladi.

Tahririyat manzili: 100015, Toshkent, 45, Oybek ko‘chasi, «Oybek» metro bekati.
Tel.: +99(871)2563648, +99(871)2526762
Faks: +99(871)2564504
E-mail: pharmi@pharmi.uz

Jurnalni ko’rish uchun keraklisini bosing!

«Farmatsevtika jurnali»

      

F_20161      001      jjfg5      

F_2015_1 220x320      2016_22      2016_23      F_4

 

 

15.09.2017, 14:20 1941