Farmatsevtik texnologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari DTT kafedrasining filialida olib borilmoqda

03.04.2018, 17:46 Institut yangiliklari, Yangiliklar 444

2018-yil 2-aprel kunidan  boshlab Toshkent farmatsevtika instituti Dori turlari texnologiyasi kafedrasi “Farmatsevtik texnologiya” fanidan “Linimentlar. Gomogan va suspenzion linimentlarni tayyorlash va sifatini baholash” mavzusidagi laboratoriya mashg‘ulotlarini “Farmako” xususiy korxonasi qoshidagi DTT kafedrasining filialida olib borilishi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur mashg‘ulot institut Farmatsiya fakulteti kasbiy ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 1/1-guruh talabalari DTT kafedrasi assistenti N.SH.Radjapova boshchiligida olib borildi. Mashg‘ulot jarayonida linimentlar tayyorlash texnologiyasi va sifatini baholash bo‘yicha talabalar tomonidan amaliy ishlar olib borildi va ular o‘rtasida amaliy ko‘nikmalar shakllandi.