Farmakologiya (umumkasbiy) fani bo‘yicha olimpiadaning 2016 yil Respublika bosqichi yakunlandi

13.05.2016, 17:14 Institut yangiliklari, Yangiliklar 366

Farmakologiya (umumkasbiy) fani bo‘yicha olimpiadaning ikkinchi Respublika turi nihoyasiga etdi; 2016 yil 13 mayda Toshkent farmatsevtika institutining faollar zalida mazkur olimpiada yakuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadani o‘tkazish tashkiliy komissiyasi, hakamlar hay’ati, mandat va adolat komissiyasi a’zolari sidqidillik bilan halol va adolatli mehnat qilishdi. Olimpiada haqiqiy bilimlar bahsi bo‘ldi, unda iqtidorli, zukko, bilimli talabalar maydonga tushishdi va kimyo fani bilimlari bilan musobaqalashishdi. Talabalar qaysi o‘rinni egallashlaridan qat’iy nazar, ularni olimpiadaning to‘rtta turida (test savollariga javob, nazariy va masalalardan berilgan savolni echish, shuningdek, laboratoriya ishini bajarish) ishtirok etishi katta voqea va jasorat bo‘ldi. Ularning qariyib barchasi to‘rtala turda ham faol ishtirok etib, bemalol bahslashib, o‘zlarining erkin fikrlashlarini, bilimlarini hamda iqtidorlarini namoyish etishdi.

2016-294    2016-295

2016-296    2016-297

Bu yilgi olimpiadada Respublikadagi oliy ta’lim muassasalaridagi olimpiadaning 1-bosqichida g‘olib chiqqan 11 nafar talaba va ularning ustozlari ishtirok etishdi.

Olimpiada nizomiga ko‘ra maksimal 400 balldan musobaqada eng yuqori ball olgan uch nafar talaba:

 1-o’rin Madaminov Jahongir Toshkent Farmatsevtika instituti talabasi;

 2-o’rin Asqarov Adhambek TTA Urgench filiali talabasi;

 3-o’rin Qayumov Javohir TTA talabasi  o‘rin sohiblari bo‘lishdi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Qolgan barcha talabalar va ularning ustozlari olimpiadada faol ishtirok etganliklari uchun fahriy yorliqlar olishdi.

2016-298     2016-299

2016-300     2016-302