«Farmako» XKda Dori turlari texnologiyasi kafedrasining filiali ochildi.

30.09.2017, 15:02 Institut yangiliklari, Yangiliklar 589

     

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab  farmatsevtika sohasini rivojlanishiga katta e’tibor qaratmoqda. Ushbu rivojlanishning asosiy tamoyillaridan biri – ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyasidir. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2017-yil 22-apreldagi  07/1-845-sonli topshirig‘i va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 24-apreldagi 244-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Farmako” XK bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan 2017-yil 28-sentyabrda Dori turlari texnologiyasi kafedrasining filiali ochildi.

     

Ochilish marosimida institut rektori, professor X.K.Djalilov, “Farmako” XKning Bosh direktori U.E.Djurayev, Bosh direktor o‘rinbosari O.U.Djurayev, institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.U.Aliyev, dorixona xodimlari, Dori turlari texnologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va b. qatnashdilar.

Ushbu filialning faoliyat yuritishi talabalar tomonidan olingan bilimlarni mustahkamlash, nazariy bilimlarni amaliyotda sinab ko‘rish bilan birga, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishda yordam beradi.