Estafeta, Mini futbol, Tosh ko‘tarish, Arqon tortish, Armrestling va boshqa sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar.

29.03.2016, 09:59 Institut yangiliklari, Yangiliklar 613

Institut hududidagi sport majmuasida joriy yilning 23 – 28 mart kunlari talaba yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ular salomatligini mustahkamlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, yigit-qizlar o‘rtasida “Estafeta”, “Mini futbol”, “Tosh ko‘tarish”, “Arqon tortish”, “Armrestling” va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Institut qoshidagi akademik litsey bilan hamkorlikda talaba – qizlar o‘rtasida “Estafeta” bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi :

I o‘rin   – “Farmatsiya” jamoasi;

II o‘rin  – “Sanoat farmatsiyasi” jamoasi;

III o‘rin – “Litsey” jamoasi.

Talaba-yigitlar o‘rtasida “Mini futbol” bo‘yicha musobaqada 1 – 4 kurslar terma jamoalari ishtirok etdilar. “Mini futbol” sport turi bo‘yicha 14 ta jamoa talabnomalar bilan 112 ta talaba-yigitlar qatnashdilar. 1 – 2 o‘rinni saralash olimpiada tizimida o‘tkazildi.

Musobaqa finalida 4 ta jamoa aylanma usulida o‘ynab, o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

I o‘rin     – farmatsiya fakultetining 4 kurs “Farmatsevtlar” futbol jamoasi;

II o‘rin    – “Qayta tayyorlash” futbol jamoasi;

III o‘rin – sanoat farmatsiyasi fakultetining 2-3 kurs talabalari “Farm Yunayted” va “Lester” futbol jamoalari.

Arqon tortish” musobaqasida 12 ta viloyatlar kesimida 60 ta talaba-yigitlar ishtirok etdi.

Musobaqa qizg‘in va bahslarga boy bo‘lgan holda o‘tdi. Sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

I o‘rin   – Qashqadaryo viloyati talaba yigitlari;

II o‘rin  – Qoraqalpog‘iston Respublikasi talaba-yigitlari;

III o‘rin – Surxondaryo viloyati talaba yigitlari.

2016_117      2016_118

Talaba-yigitlar o‘rtasida 60 kg vazn toifasida “Armrestling” sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:

I o‘rin      – Farmatsiya fakulteti 3 kurs 4/1 guruh talabasi Matniyozov Umar;

II o‘rin – Farmatsiya fakulteti 2 kurs 8/2 guruh talabasi O‘rinboev Muxriddin;

III o‘rin – Sanoat farmatsiyasi fakulteti 4 kurs 2 guruh talabasi Komilov Davron.

70 – 80 kg vazn toifasida quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:

I o‘rin   – Farmatsiya fakulteti 1 kurs 5 guruh talabasi Maxmudov D.

II o‘rin  – Farmatsiya fakulteti 2 kurs 8/1 guruh talabasi SHonazarov S.

III o‘rin – Farmatsiya fakulteti 2 kurs 4 guruh talabasi Xalimov O.

80 kg va undan yuqori kg vazn toifasida sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

I o‘rin   – Farmatsiya fakulteti 2 kurs 3 guruh talabasi Abduramanov Islom.

II o‘rin  – Farmatsiya fakulteti 3 kurs 5 guruh talabasi Jumagaldiev Sardor.

III o‘rin – Farmatsiya fakulteti 2 kurs 4 guruh talabasi Xoshimov Lutfillo.

2016_119      2016_120

Talaba-yigitlar o‘rtasida (16 kg) “Tosh ko‘tarish” sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

I o‘rin   Farmatsiya fakulteti 1 kurs 3 guruh talabasi Bo‘tayorov Soatmurod (89 marta);

II o‘rin   – Farmatsiya fakulteti 2 kurs 3 guruh talabasi Abdiramonov Islom (59 marta);

III o‘rin – Farmatsiya fakulteti 1 kurs 5 guruh talabasi Maxmudov D (53 marta).

Talaba-yigitlar o‘rtasida “Voleybol” sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

I o‘rin   – Sanoat farmatsiyasi fakulteti 2-bosqich 1 guruh jamoasi;

II o‘rin  – Farmatsiya fakulteti terma jamoasi;

III o‘rin – Sanoat farmatsiyasi fakulteti 1 kurs 4 guruh jamosi egalladilar.

Musobaqalar yakunida g‘olib talaba yigit-qizlar va jamoalar estalik sovg‘alari, kubok va I – II – III – darajali diplomlar bilan taqdirlandilar.

2016_121      2016_122