«Ertangi kun bizniki, marra bizniki» shiori ostidagi ilmiy ma’ruzalar tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi

11.04.2016, 08:12 Tadbirlar 568

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda respublikada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga talabalarni keng jalb etish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyati va iste’dodidan unumli foydalanish, zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda qo‘llab-quvvatlash, ularda ijodiy tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 18-martdagi 118-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent farmatsevtika institutida 2016-yil 9-aprel kuni talabalar o‘rtasida “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” shiori ostida ilmiy ma’ruzalar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovning  maqsadi – fan va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash borasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlarning samaradorligini oshirish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi ustivor yo‘nalishlarni rivojlantirish hamda taraqqiyotini ta’minlashga tadqiqotchilarni keng jalb etish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish, iqtidorli va qobiliyatli talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga yo‘naltirish, zamonaviy texnika va texnologiya, axborot-kommunikatsion madaniyatini puxta o‘zlashtirgan yetuk mutaxassislarni shakllantirish jarayoniga ko‘maklashish va iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdir.

Tanlov Nizom talablari bo‘yicha o‘tkazildi va talabalar tomonidan o‘qilgan ma’ruzalarning dolzarbligi, sifatiga hamda ilmiy salohiyatiga jiddiy e’tibor qaratildi.  Tanlovning fakultet bosqichi 2016-yil 4-5 aprel kunlari o‘tkazildi. Unda 43 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi. Institut bosqichiga eng sara ilmiy maqolalar olib chiqildi. Institut bosqichida jami 14 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

Tanlov talabalar o‘rtasida quyidagi bilim sohalari bo‘yicha alohida-alohida o‘tkazildi:

      – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq;

      – Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot.

Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar g‘olib deb topildi.

O‘rin

t/r

Talabaning F.I.SH. Fakulteti, kursi va guruhi Bali
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq 
1 1-o‘rin Nuriddinov Sadriddin Fazliddin o‘g‘li Sanoat farmatsiyasi fakulteti biotexnologiya yo‘nalishi 2-kurs 1/2-guruh talabasi 86 ball
2 2-o‘rin Qobulova Sadoqat Otabekovna Farmatsiya fakulteti

1-kurs 6/1-guruh talabasi

84 ball
3 3-o‘rin Bozorova Gavhar Narbutaevna Farmatsiya fakulteti

5-kurs 3/2-guruh talabasi

72 ball
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
1 1-o‘rin Xaydarova Gulyora Zokirjon qizi 1-kurs magistranti 88 ball
2 2-o‘rin Rajabova Dilnoza Xalimovna Farmatsiya fakulteti

3-kurs 1/2-guruh talabasi

83 ball

 

3 3-o‘rin Malikova Madina Anvarovna Sanoat farmatsiyasi fakulteti 2-kurs 1/1-guruh talabasi 71 ball